19-iyul kuni Farg‘ona vodiysida va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi
Rasm: xload / depositphotos.com

Bugun, 19-iyul kuni mamlakatning Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning janubida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati 33-38 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi.

Toshkent shahrida havo bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 35-38 daraja issiq, kechasi esa 22-24 issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo bulutli bo‘lib ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 23-28 daraja issiq va kechasi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek