«Baxti Tashkentskiy» 20 yilga qamaldi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
U 2023-yil dekabrida hibsga olingan
«Baxti Tashkentskiy» nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi Daryo nashri.
Nashrning yozishicha, sud Qudratullayevni «xavfli takroriy jinoyatchi» deb tan olgan.
Eslatib o‘tamiz, Qudratullayev 2023-yil dekabr oyi boshida jinoyatga qarshi kurash doirasida hibsga olingan edi. U giyohvand moddalarni saqlash va tovlamachilikda ayblangan.
Avvalroq «Kursiv» «Boxo zavxoz» va «Terminator» nomi bilan tanilgan Bahodir Sultonov o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qilingani haqida yozgan edi.