Joriy yilning 18-iyul kuni «Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, mustaqillikning 33 yillik tantanasi umumxalq bayrami sifatida tashkil etiladii. Barcha tadbirlar, targʻibot-tashviqot ishlari «Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» bosh gʻoyasi ostida tashkil qilinadi.
Ayyom Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, barcha shahar, tumanlar, qishloq va ovullarda yuqori saviyada nishonlanadi.
Shuningdek, mustaqillik bayrami munosabati bilan «Ona diyor – ranglar jilosida», «Vatan uchun yashaylik!», «Eng ulugʻ, eng aziz» kabi an’anaviy koʻrik-tanlovlar tashkil etiladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston mustaqillik davrida erishgan iqtisodiy o‘zgarishlar haqida yozgan edi.