Bozordagi vaziyat: oltin va kumush narxi pasaymoqda
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Meta va Nvidia aksiyalari o‘sib bormoqda
Jahon bozorlarida oltin va kumush AQSh dollari kursining oshishi fonida arzonlashmoqda, deb xabar berdi «Trading Economics» portali.
Juma kuni ertalabki holatga ko‘ra, oltin uchun bir untsiya narxi $2420 ga, kumush $29,6 ga tushdi.
Qimmatbaho metallar narxining pasayishiga AQShning ijobiy iqtisodiy ma’lumotlari e’lon qilinishi fonida AQSh dollari kursining oshishi sabab bo’ldi. Kumush narxiga tovarning eng yirik iste’molchisi bo‘lgan Xitoyda talabning noaniqligi ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Birjalarda Meta (+2,99 foiz) va Nvidia (+2,41 foiz) aksiyalari qimmatlashmoqda, Apple (-2,23 foiz) va Amazon (-2,36 foiz) qimmatli qog‘ozlari esa pasaymoqda.
Avvalroq «Kursiv» 18-iyul kuni bozorlardagi vaziyat haqida e’lon qilgan edi.