Dollarning kursi o‘sishda davom etmoqda
eʼlon qilindi
Bugun uning qiymati 12 610,04 so‘mni tashkil qildi
19-iyul kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 8,96 so‘mga ko‘tarildi va 12 610,04 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatdagi moliya institutlari dollarni 12 540 – 12 610 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 645 – 12 670 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 18-iyul kuni AQSh valyutasining qiymati 13,14 so‘mga o‘sgan edi.