Yangiliklar

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Yangi Zelandiya ustidan g‘alaba qozondi

3:1 hisobida
Rasm: MOQ

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Mamlakatimiz sportchilarining raqiblari Yangi Zelandiya olimpiya terma jamoasi bo‘ldi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).

O‘zbekiston terma jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gol mualliflari – Husayn Norchayev (ikkita gol) va Oston O‘runov.

Parijdagi XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari 26-iyuldan 11-avgustgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonlik futbolchilar musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvni Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi.

Avvalroq «Kursiv» futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining ilk o‘rtoqlik uchrashuvi haqida yozgan edi. Jamoa Fransiyaning «Reysing Grass» klubi bilan uchrashdi. O‘yin 5:0 hisobida jamoamiz foydasiga hal bo‘ldi.