Oʻzbekistonda uchta kripto-doʻkonning faoliyati olti oyga toʻxtatildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bu haqda “Kursiv” muxbir xabar bermoqda
Foto: Garloon / www.depositphotos.com

Oʻzbekistonda uchta kripto-doʻkonning litsenziyalari olti oyga toʻxtatildi. Bu haqda «Kursiv» muxbiri xabar bermoqda.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) qarori 2024-yil 1-iyuldan kuchga kirdi. Litsenziyasi toʻxtatilgan kripto-doʻkonlar Cryptocorp, C-Cash va T-Firm hisoblanadi.

ILMAning «Kursiv»ga ma’lum qilishicha, barcha kripto-doʻkonlarning litsenziyalari ularning iltimosiga binoan toʻxtatilgan. Ular ixtiyoriy ravishda ushbu muddatga ishlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan agentlikka murojaat qilgan.

«Kursiv» yuqorida nomi keltirilgan kompaniyalarning ikkitasi bilan bogʻlandi (uchinchi bilan bogʻlanishning imkoni boʻlmadi), lekin litsenziyaning nima sababdan toʻxtatilgani haqida tushuntirish ololmadi.

Eslatib oʻtamiz, bu joriy yilda Oʻzbekistonda kripto-doʻkon faoliyati toʻxtatilgan birinchi holat emas. 12-iyun kuni Paynet Crypto toʻlovni oʻz vaqtida toʻlamaganligi sababli cheklovlarga duch kelgan edi. Lekin 19-iyun litsenziya amal qilinishi qayta tiklandi.

2024-yilning mart oyida Oʻzbekistonda kripto-doʻkonlar uchun toʻlovlar keskin oshdi. Bozor ishtirokchilari uchun toʻlov oyiga BHMning 20 baravaridan 185 baravarigacha (62,9 mln soʻmgacha) koʻtarildi.

Avvalroq «Kursiv» respublikada mahalliy kriptovalyuta bozori qanday rivojlanayotgani haqida maqola taqdim qilgan edi.

Shuningdek