O‘zbekistonlik abituriyentlar ko‘proq Rossiya universitetlarida muhandislik yo‘nalishini tanlashadi
Rossiya oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirayotganda oʻzbekistonliklar koʻproq muhandislik- texnika yo‘nalinishini tanlashadi, dedi jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan vazirligi rahbari oʻrinbosari Konstantin Mogilevskiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, joriy yilda Rossiyada 50 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tahsil olmoqda. Vazirlik ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda Rossiya oliy oʻquv yurtlarining 14 ta vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Bu yil bilim yurtlarni 8 ming talaba bitirdi.
Mogilevskiyning qoʻshimcha qilishicha, may oyida respublikada Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini ochish boʻyicha kelishuv imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida 15,8 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar o‘qish uchun xorijga ketgan edi. Yil davomida bu ko‘rsatkich 7,4 foizga kamaydi. Shundan 2,2 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga o‘qish uchun ketgan.
Avvalroq “Kursiv“ 28-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistondan 110 ming o‘quvchi va talaba xorijda tahsil olayotgani haqida e’lon qilgan edi.