«O‘zmetkombinat»ning ikkinchi chorakda foydasi 253 mlrd so‘mni tashkil etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘tgan yilgi daromad bilan solishtirganda 41,3 foizga kam
Rasm: O‘zmetkombinat

«O‘zmetkobinat» aksiyadorlik jamiyatining ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha sof foydasi 253 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu haqda kompaniya hisobotida ma’lumot berildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 41,3 foizga pastroq. Shuningdek, «O‘zmetkobinat» joriy yilning birinchi choragida 60,5 mlrd soʻm daromad oldi, bu esa 2023-yilning shu davriga nisbatan 71,9 foizga kam.

Ta’kidlash joizki, kombinatning uzoq muddatli bank kreditlari 2,7 trlndan 2,9 trln so‘mga oshdi, lekin yil boshidagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,5 trln so‘mga qisqardi. Qisqa muddatli bank kreditlari yillik hisobda 300,4 mlrd so‘mdan 2,1 trln so‘mga oshdi.

Avvalroq «Kursiv» «O‘zmetkombinat» yaqin orada aksiyalarni ommaviy joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi haqida kombinat bosh direktori bilan suhbatlashgan edi.

Shuningdek