Raqobat qo‘mitasi «Lukoyl»ni narxlarni manipulyatsiya qilishda aybdor deb topdi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Rossiyaning«Lukoyl Overseas Supply and Trading Ltd» kompaniyasiga narx manipulyatsiyasi boʻyicha olingan pullarni qaytarish majburiyatini qoʻydi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.
Avvalroq qoʻmita tomonidan «Lukoil» kompaniyasiga nisbatan narx manipulyatsiyasi alomatlari bilan ish qoʻzgʻatgan edi.
Qayd etilishicha, ushbu ish yuzasidan qoʻmitaning maxsus komissiyasi «Lukoyl Overseas Supply and Trading Ltd» kompaniyasiga «Raqobat toʻgʻrisida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomi talablarining buzilishiga yoʻl qoʻyilgani natijasida asossiz olingan mablagʻni qaytarish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilishlarni bartaraf etish va keyinchalik yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.
Avvalroq «Kursiv» «Lukoyl» Oʻzbekistondagi loyihalarga $7,5 milliard sarmoya kiritgani haqida xabar bergan edi.