Yangiliklar

Toshkent metropolitenidan kunlik foydalanuvchilar oqimi 62% ga o‘sdi

Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi
Foto: Toshkent metropoliteni rasmiy telegram sahifasi

2024-yil yanvar – iyun oylarida Toshkent metropoliteni bir kunda oʻrtacha 724,5 ming nafar yoʻlovchiga xizmat ko‘rsatgan. Statistika agentligi bu boradagi aniq raqamlar bilan bo‘lishdi.

Ushbu ko‘rsatkich 2023-yil yanvar – iyun oylaridagi ko‘rsatkichdan 277,1 ming kishiga ko‘pligini anglatadi. Bu esa Toshkent metropolitenidan foydalanuvchilar hajmi deyarli 62%  o‘sganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida ham metro qurilishi mumkinligi haqida yozgan edik.