Toshkent shahrida avtobus bekati qulab tushdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Jarohatlanganlar yoʻq
Foto: «Toshshahartransxizmat»

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida «Gʻalabaning 40-yilligi» avtobus bekati qulab tushdi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda mas’ul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda.

Toʻxtash joyidan 11 ta avtobus yoʻnalishi harakatlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, voqea 17-iyul kuni yuz bergan. Lekin rasmiy munosabat kecha kechqurun e’lon qilindi.

Avvalroq «Kursiv» iyul oyi boshida Toshkentda kuchli shamol tufayli daraxtlar qulashi bilan bogʻliq bir necha holat qayd etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek