Toshkentga 200 ta BYD elektrobus va 12 ta metro poyezdi sotib olish rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Shuningdek, hududlar uchun mingta avtobus yetkazib beriladi
Foto: nelsonpeng / https://depositphotos.com/

Toshkentga 200 ta BYD elektrobus va 12 ta metro poyezdi xarid qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.

Mahkamovning ta’kidlashicha, hukumat chiptalarni xarid qilish jarayonini raqamlashtirish ustida ish olib bormoqda. Naqd puldan foydalanishga barham berish ham muhim vazifa boʻlib, bu birinchi navbatda Toshkent shahrida amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, hududlar uchun mingta avtobus yetkazib beriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil oxirigacha avtotransport vositalarini xarid qilish topshirig‘ini berdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda barcha transport turlariga chiptalar sotish boʻyicha veb-sayt yaratilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek