«UzAuto Motors» shikastlangan avtomobillarni sotuvga qoʻyadimi

eʼlon qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda sotuvga qo‘yilishi haqida xabarlar tarqalmoqda
Foto: UzAuto Motors

Ijtimoiy tarmoqlarda yetkazib berish vaqtida shikastlangan Chevrolet avtomobillari taʼmirlangandan soʻng qayta sotuvga qoʻyilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

UzAuto Motors tarqalgan xabar notoʻgʻri ma’lumot ekanligi va haqiqatga toʻgʻri kelmasligini ma’lum qildi.

Kompaniyaning xabar berishicha, transportirovka vaqtida shikastlangan avtomobillar sotuvdan chiqariladi va qayta sotuvga qoʻyilmaydi.

Shuningdek, kompaniya telekommunikatsiya tarmoqlarida va internetda yolgʻon axborotni tarqatganlik uchun Oʻzbekiston qonunchiligiga binoan ma’muriy javobgarlik koʻzda tutilganini eslatib oʻtdi.

Avvalroq «Kursiv» Jizzaxda Cobalt va Equinox ortilgan avtotreyler YTHga uchragani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek