20-iyul kuni respublikaning janubiy hududlarida chang-to‘zonlar ko‘tariladi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin
Rasm: Wirestock / depositphotos.com

Bugun, 20-iyul kuni mamlakatning janubiy viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Respublikada havo quruq va issiq bo‘ladi. O‘rtacha havo harorati 34-39 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi Gidrometeorologiya xizmati agentligi.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo harorati 37 darajagacha issiq bo‘ladi, kechasi esa 22-24 daraja issiq.

Tog‘li hududlarda havo bulutli bo‘ladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Chang-to‘zonlar ham ko‘tariladi.

Shuningdek