O‘zbekiston fuqarosi rossiyalik deputatni o‘ldirishga urinishda ayblanmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hodisa Samara shahrida sodir bo‘lgan
Rasm: Frenzelll / depositphotos.com

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi O‘zbekiston fuqarosini Samarada deputat Mihail Matveyevni o‘ldirishga urinishda aybladi.

U bilan birga Tojikiston fuqarosi va voyaga yetmagan mahalliy fuqaro ushbu jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda.

Gap 18-iyul kuni yuz bergan voqea haqida ketmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Matveev jamoat tartibini saqlashga chaqirganidan keyin uch yigit deputat va uning haydovchisini kaltaklagan.

Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari bezorilik bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi, biroq Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning ko‘rsatmasi bilan u qotillikka urinish sifatida qayta tasniflandi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda tanaga yengil jarohat yetkazish uchun jazo yumshatilgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek