O‘zbekiston media bozoriga investitsiyalar 25 foizga oshadi
2024-yilda O‘zbekiston media bozoriga investitsiyalar hajmi 1,62 trln so‘mni tashkil etishi prognoz qilinmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘pdir. Bu haqda «Kursiv» Wonder Digital agentligidan hisobot nusxasini oldi.
Wunder Digital ekspertlari televidenyani mamlakat reklama bozorida peshqadamligini ta’kidladi. Ushbu segmentda reklama beruvchilar o’rtasidagi talab taklifdan sezilarli darajada oshadi.
Mamlakatimizga yirik kompaniyalar kelishi tufayli digital-segmentga investitsiyalar ko‘paydi. Joriy yilda digital-sohaga kiritilgan investitsiyalar 2023-yildagi 286 mlrd so‘mga nisbatan bir yil ichida 406 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
«Asosiy talab bannerli reklamaga, ayniqsa DV360 platformasida va onlayn video yirik reklama beruvchilar orasida tobora ommalashib borayotgan mahsulotdir», — deyiladi hisobotda.
Shu bilan birga, Telegram reklama uchun eng mashhur resurs bo‘lib qolmoqda. Qidiruv reklama segmentida Google bozorning 74 foiz bilan yetakchilik qilmoqda. Biroq, YouTube’da monetizatsiya yo’qligi sababli, reklama maqsadlarida platformadan to’liq foydalanish mumkin emas.
Wunder Digital qo‘shimcha qilishicha, TikTok’da reklama yo‘qligi ham ushbu ijtimoiy tarmoqda mahsulotlarni reklama qilishni cheklaydi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining 50 foizi onlayn OAVdagi reklamaga, shuningdek, digital-reklamaga 49 foizi ijobiy munosabatda.
Kontekst va outdoor-reklamalarni respondentlarning 36 foizi ijobiy qabul qiladi.
Shu bilan birga, so‘orv ishtirokchilarining 52 foizi videolarni eng esda qolarli reklama formati deb atagan.
Avvalroq «Kursiv» Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) O‘zR to‘qimachilik korxonalariga marketing va dizayn bo‘yicha yordam berishini e’lon qilgan edi.