Yangiliklar

O‘zbekistonda tadbirkorlar ko‘proq qaysi sohani tanlaydi

Statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra
Rasm: Piqsels

2024-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 390 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda. Ulardan 148 mingtasi savdo sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Statistika agentligi xabar beradi.

Tadbirkorlik faoliyati uchun eng ommabop yo‘nalishlar uchligiga sanoat (62 ming kompaniya), shuningdek, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari (32 ming) kiradi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda oilaviy korxonalar soni 7 foizga qisqarganini e’lon qilgan edi.