20-iyul, shanba kuni Toshkentning Yakkasaroy tumanida elektr energiyasi qisman o‘chirildi. Bunga yuqori voltli yer osti kabelidagi avariya sabab bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar elektr tarmoqlari xabar berdi.
Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, mutaxassislar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish jarayonini boshlagan.
Kichik Beshyog‘och, Nukus, Mirobod, Katta Mirobod va Kichik Mirobod ko‘chalaridagi xonadonlar aholisi elektr ta’minotisiz qoldi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentning Sergeli tumanida yong‘in sodir bo‘lganini e’lon qilgan edi.