Bayden qayta saylanish uchun kurashmasligini e’lon qildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Ammo muddatining qolgan qismini oxirigacha o‘taydi
                    
                            
Prezident Jo Bayden o‘tgan oygi omadsiz munozaralar foni ostida AQSh prezidentligi uchun qayta saylanishga o‘z nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Bayden muddatining qolgan qismini o‘taydi, ammo saylovda da’vogar nomzod sifatida ishtirok etmaydi.
«Qayta saylanish niyatim bo‘lsa-da, nomzodimni qo‘yishdan voz kechishim va faqat prezidentlik vazifalarimni bajarishga e’tibor qaratishim partiyam va mamlakat manfaatlari uchun mos keladi, deb hisoblayman», deydi Bayden.
U qo‘shimcha qildiki: “Ushbu qarorim haqida shu hafta oxirida Millat bilan batafsil gaplashaman».
