Akademik litseylarga kirish test sinovlari 25 – 26-iyul kunlari boʻlib oʻtadi

eʼlon qilindi
Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi
Foto: arrow_smith2 / depositphotos.com

2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Unga koʻra, 25-iyul kuni ikkinchi smenada faqat Toshkent shahrida va 26-iyul kuni esa ikki smenada barcha hududlarda boʻlib oʻtadi.

Bunda birinchi smena soat 09:00 da, ikkinchi smena 15:00 da boshlanadi. Test sinovlari ta’lim yoʻnalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash boʻyicha oʻtkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirigʻi va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga 2 soat vaqt ajratiladi.

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda OTMga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek