Yangiliklar

Kamala Harris AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ydi

Vitse-prezidentni davlat rahbari Jo Bayden qo‘llab-quvvatladi
Foto: Newsweek.com

AQSh prezidenti Jo Baydenning saylovoldi tashviqoti qo‘mitasi federal saylov komissiyasiga vitse-prezident Kamala Harrisni Demokratik partiyadan davlat rahbari lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rsatuvchi hujjatlarni yubordi. Hujjat komissiya saytida elon qilindi.

Uning nomzodini allaqachon sobiq prezident Bill Klinton, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va Jo Bayden qo‘llab-quvvatlagan.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Harris demokratlar vakillariga qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘ramoqda.

Oq uyning rahbari Jo Bayden o‘z tarafdorlarini Donald Trampga qarshi kurashda birlashishga chaqirib, prezidentlik poygasini tark etdi.

Avvalroq «Kursiv» Bayden muddatining oxirigacha davlat rahbari lavozimini egallashi haqida yozgan edi.