Yaqinda saylovoldi poygasidan chiqishini e’lon qilgan Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) amaldagi prezidenti Jo Bayden oʻz lavozimini muddatidan oldin tark etish niyatida emas. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Endryu Beyts ma’lum qildi.
«U (Bayden — Tahr.) oʻz prezidentlik davrini yakunlashni va Amerika xalqi uchun yangi tarixiy natijalarga erishishni intiqlik bilan kutmoqda», dedi Beyts.
Matbuot kotibining qoʻshimcha qilishicha, Bayden amerikaliklarning erkinliklarini himoya qilish uchun kurashni davom ettiradi.
Bu e’lon respublikachilar saylovoldi kampaniyasini tugatayotganini e’lon qilganidan keyin Baydenni iste’foga chiqishga ochiq chaqira boshlagan paytga toʻgʻri keldi.
Avvalroq «Kursiv» Baydenning ikkinchi muddatga nomzod boʻlmasligi ma’lum boʻldi. Davlat rahbari oʻzining oʻrniga amaldagi vitse-prezident Kamala Xarrisni qoʻllab-quvvatlashni taklif qildi.