Bozordagi vaziyat: Yaqin Sharqdagi voqealar fonida neft narxi pasaymoqda
eʼlon qilindi
Intel va Tesla aksiyalari ham tushdi
G‘azo sektorida yaqin orada o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi optimizm kuchayib borayotgani sababli jahon bozorlarida neft narxi so‘nggi haftalarda eng past darajaga yaqinlashmoqda. Bu haqda «Trading Economics» portali xabar beradi.
Dushanba kuni ertalab WTI neft fyucherslari bir barrel uchun taxminan $79 ga baholanmoqda. Brent narxi $83.
Neft narxining pasayishiga AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning Isroil va Falastinning HAMAS guruhi o‘rtasida yaqin orada sulhga erishish mumkinligi haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorlarida Intel (-7,00 foiz), Nvidia (-2,94 foiz) va Tesla (-2,84 foiz) aksiyalari arzonlashdi.
Avvalroq «Kursiv» 19-iyul kuni xalqaro bozorlardagi vaziyat haqida e’lon qilgan edi.