Investitsiyalar

Endi tibbiyot chiqindilaridan issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi

AQSh kompaniyasi jami $115 mln investitsiya kiritadi
Foto: Pixabay.com

«Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, «Sayar LLC» kompaniyasi (AQSh) tomonidan «Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish» investitsiya loyihasi doirasida «Sayar green» MCHJ shaklidagi xorijiy korxona ta’sis etildi.

Loyihaning ilk bosqichda, 2024-2025-yillar davomida $7 mln investitsiyalarni jalb etiladi. Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan yig‘ilgan 6 ming tonna tibbiyot chiqindilari termik qayta ishlanadi. 20 GVt soat/yil quvvatga ega uskunalar ishga tushiriladi.

Keyingi bosqichda, 2026 – 2030-yillarda $108 mln investitsiya jalb etiladi. Qolgan hududlardan ham yig‘ilgan 90 ming tonna tibbiyot chiqindilarini termik qayta ishlanadi. 300 GVt soat/yil quvvatga ega uskunalar ishga tushiriladi.

Shuningdek, kompaniyaga 2048-yilga inshootlarini qurish uchun yer maydonlari jamoat ehtiyojlari uchun ijaraga berilishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro investorlar «International» mehmonxonasini sotib olish uchun kurashishi haqida yozgan edik.