«Humo»ni xususiylashtirish jarayoni boshlandi

eʼlon qilindi
Sotuv jarayoni ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida tashkil etiladi

Foto: Humocard.uz

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Milliy banklararo protsessing markazi» AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi savdosi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.

«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ ning «Humo» toʻlov tizimi ichki va tashqi to‘lov amaliyotlari uchun moʻljallangan. Ustav kapitali 155,4 mlrd soʻmni tashkil qiladigan «Humo» to‘lov tizmi to‘liq xususiylashtirilmoqda. «Humo» kartalari 27 milliondan ortiq chiqarilgan bo‘lib, respublika bo‘ylab 210 mingdan ziyod terminal va 6,4 mingdan ziyod bankomatlar ishga tushirilgan.

Ulushlar savdosi jarayoni uch bosqichda tashkil etiladi. Jumladan, Sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish, ya’ni Express of interest, Majburiyatga ega boʻlmagan taklif, ya’ni NBO hamda Majburiyatga ega boʻlgan taklif, ya’ni BO taqdim etish bosqichlaridir. Eng so‘nggi bosqichda talabgorlar taklif etadigan qat’iy narx taklifining minimum 1 % qismi kafolatli toʻlov sifatida amalga oshiriladi. Aktivni baholash «Deloitte»dan boshqa xalqaro kompaniyaga yuklatiladi.

Ulushga talabgorlardan quyidagi ma’lumotlar bilan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalari (Express of interest) talab etiladi:

  1. Talabgor haqida ma’lumot (STIR va faoliyat turi bilan birga) va sotib olsa Aktivdan foydalanish rejalari;
  2. Ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/ta’sischilar (egalik ulushi koʻrsatilishi lozim) va yakuniy benefitsiarlar haqida maʼlumotlar;
  3. So‘nggi 3 yillik faoliyatiga doir moliyaviy hisoboti.

Arizalar oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida 2024-yil 22-avgust soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar jmamadjanov@deloitte.uz elektron pochta manzilida qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davaktiv «Oʻzagrosugʻurta» AJ xususiylashtirish boʻyicha tanlov e’lon qilgan edi.

Shuningdek