Maosh 2500 yevrogacha. Oʻzbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda
Oʻzbekiston fuqarolari Latviyaga ishga tashkil qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, fuqarolarga avtomobil mexanigi lavozimida 1000 yevro maosh taklif qilinayotgan boʻlsa, CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi lavozimida 1100 – 2500 yevro maosh taklif qilinmoqda.
Nomzodlar uchun talablar:
Avtomexanik:
avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻllanmalardan foydalanish;
avtomobil qismlari va kuzovi bilan ishlash;
diagnostika uskunalaridan foydalanish;
kamida 2 yillik tajriba;
rus yoki ingliz tillarini bilish;
25 – 40 yosh.
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.
CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi:
Yevropaning barcha mamlakatlariga yuklarni tashish;
yuk tashish bilan bogʻliq hujjatlarni tushunish;
chip kartaning mavjudligi;
kamida 1 yillik tajriba;
rus yoki ingliz tillarini bilish;
55 yoshgacha.
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.
Ish beruvchining mablag‘lari hisobidan o‘qish va test sinovlari vaqtida turarjoy, sug‘urta, shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirish va ishlash uchun ruxsatnomalar taqdim etiladi.
Biroq nomzod Agentlik xizmatlari, oʻqitish va koʻniktirish, viza uchun toʻlov, ovqatlanish va aviachiptalarni o‘z hisobidan to‘lashi kerak.
Avvalroq «Kursiv» Yaponiya qurilish kompaniyasi oʻzbekistonliklarni ishga taklif qilgani haqida xabar bergan edi.