Oʻzbekistonda shamol kuchayishi va chang-to‘zonlar kutilmoqda
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda sinoptiklar xabar berishdi
                    
                            
22-iyul, dushanba kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida chang-to‘zoni yuzaga kelishi va shamol tezligi 13-18 m/s gacha (Bofort shkalasi bo‘yicha 12 balldan 6-8 ball) kuchayishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Respublikada oʻrtacha kunlik havo harorati +34…+39°, Toshkent shahrida – +36…+38° boʻladi.
Togʻli hududlarda havo +25…+30° gacha qiziydi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Avvalroq O‘zbekiston sinoptiklari mamlakatning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi haqida ogohlantirgan edi.
