«Oʻzsanoatqurilishbank» London fond birjasida navbatdagi xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi

eʼlon qilindi
Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi
Foto: «Oʻzsanoatqurilishbank»

«Oʻzsanoatqurilishbank» Oʻzbekiston bank tizimi tarixida birinchi marotaba Reg S va 144A formatlarida London fond birjasining asosiy bozorida AQSH dollari va oʻzbek soʻmida navbatdagi xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

«Xalqaro obligatsiyalarining Reg S va 144A formatida joylashtirilishi nafaqat Yevropa, balki AQSH, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va boshqa hududlardan ham yangi investorlarni jalb qilish boʻyicha yangi marrani zabt etishga imkon yaratdi», deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, bankning xalqaro obligatsiyalarni joylashtiruv jarayondagi savdolarida 21 ta davlatdan 70 dan ortiq investorlar tomonidan jami $900 mlndan ziyod takliflar kelib tushgan. Shundan umumiy $400 mln va 2,25 trln soʻm miqdorida mablagʻlar jalb qilingan.

Avvalroq «Kursiv» «Oʻzsanoatqurilishbank»ning sof foydasi deyarli ikki baravarga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek