Startaplarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi
20-iyul kuni Toshkentda startaplarni qo‘llab-quvvatlash markazi – «Startap Garage» ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar bermoqda.
Bunday markaz yoshlarga kerakli resurslar, ko‘nikmalar va boshqa kerakli ma’lumotlar taqdim etadi.
«Startup Garage» – innovatsion va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus bo‘lib, u O‘zbekistonda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, sarmoya jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan.
Startap markazi hamkorlari qatorida Aloqabank, Aloqaventures, Ipoteka-bank va boshqa moliyaviy institutlar bor.
Startup Garage’ga kirish uchun, startupgarage.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish yoki +998770475753 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» BRBning «biznes portali» startaplar uchun 52 mingta murojaatni qabul qilganini e’lon qilgan edi.