O‘zbekistonda ipoteka krediti uchun subsidiyani qanday olish mumkin

eʼlon qilindi
Yagona davlat xizmatlari portali my.gov.uz va davlat xizmatlari idoralari orqali ariza topshirishingiz mumkin
Foto: Piqsels

2024-yil 22-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda doimiy aholi soni deyarli 37,2 mln kishini tashkil qiladi. Mamlakatda uy sotib olish yoki ta’mirlash eng dolzarb masalalardan biridir. Biroq hamma fuqarolar ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyatiga ega emas, shuning uchun ular ipoteka kreditini olishga majbur. «Kursiv» O‘zbekistonda ipoteka uchun qanday qilib subsidiya olish mumkinligini va nima uchun fuqarolarga bu xizmatni taqdim etilishiga rad javobi kelishi mumkinligini aniqladi.

Subsidiya olish uchun qanday hujjatlar kerak?

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan tasdiqlangan parametrlar doirasida subsidiyalar olish uchun arizalar 2024-yilning 15-maydan 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

O‘zbekistonda har bir fuqaro ipoteka krediti uchun subsidiya olishi mumkin. Buning uchun Yagona davlat xizmatlari portali my.gov.uz va davlat xizmatlari idoralari orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

  • pasport ma’lumotlari (yoki ID);
  • nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma (agar ariza beruvchi nikohda bo‘lsa) va (yoki) bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari (agar mavjud bo‘lsa);
  • nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi guvohnoma yoki nikohni haqiqiy emas deb topilgani to‘g‘risidagi sud qarori;
  • uy-joy kadastri to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turarjoyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);
  • ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklaratsiyasi).

Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazlari fuqarolardan my.gov.uz saytida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Prezident qaroriga ko‘ra, ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun kamida 17 trillion so‘m yo‘naltiriladi. 1-iyundan boshlab mamlakatda kambag‘allikni bartaraf etish dasturiga kiruvchi va ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar uchun uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlar berish boshlanadi. Bunday kreditlar hajmi 120 million so‘mga yetishi mumkin.

Kreditlar «mahalla yettiligi» tavsiyasiga ko‘ra, 20 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz yuqori stavkasida beriladi. Kredit oluvchilar subsidiyalarni – asosiy kredit summasining 15 foizini va foizlarning bir qismini, agar ular yiliga 12 foizdan oshsa, besh yil muddatga olishlari mumkin.

Joriy yildan boshlab dastlabki to‘lovni qoplash uchun 30 million so‘m miqdorida subsidiya olish mumkin. 2024-yilga mo‘ljallangan dasturda yillik 12 foizdan ortiq foiz to‘lovlarini qoplash ko‘zda tutilgan.

Subsidiyalar olish uchun arizalar qancha vaqt ichida ko‘rib chiqiladi va qanday hollarda bu xizmatni taqdim etilishiga rad javobi kelishi mumkin?

Ariza 19 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Fuqarolar arizada kerakli hujjatlarni to‘liq taqdim etishmasa hamda taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar soxta yoki ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lsa, subsidiya berish rad etilishi mumkin.

Fuqarolar, qabul qilish muddati tugagunga qadar ariza topshirishga ulgurmagan taqdirda va agar bu yil taqdim etilgan subsidiyalar soni tugagan bo‘lsa rad javobi keladi.

Bundan tashqari, yaqin qarindoshlari ushbu xizmatdan foydalanganlarga subsidiyalar berilmaydi.

Ipotekani to‘la olmaydigan deb e’lon qilingan yoki ilgari olingan kreditlar bo‘yicha qarzi bo‘lgan shaxslar ariza beruvchilar safidan chiqariladi.

Rad etish uchun mas’ul tashkilotlarning xulosalari ham asos bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, oilaning o‘rtacha oylik daromadi zarur bo‘lganidan past yoki yuqori bo‘lganlar uchun subsidiya olish uchun ariza berish tavsiya etilmaydi. Eng kam daromad – uchta eng kam ish haqi (MHTЕKM).

Maksimal chegara:

qishloq joylarda – MHTЕKMning 6,9 baravarigacha;

shaharlarda – MHTЕKMning 8 baravarigacha;

Toshkent shahrida – MHTЕKMning 9,2 baravarigacha.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1,05 mln so‘mni tashkil qiladi.

Fuqarolarni baholash uchun qanday mezonlar qo‘llaniladi va ularga ball berishga nima sabab bo‘ladi?

Ballarni berish bo‘yicha mas’ul boshqarmalar: Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Har bir agentlikning o‘z mezonlari mavjud bo‘lib, ular arizalarni baholaydi va ball beradilar.

2024-yilning birinchi yarmida fuqarolar tomonidan 785 ming ariza yuborilgan, 634 ming kishiga rad javobi berilgan.

Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalar miqdorini qanday hisoblash mumkin?

Kvartiralarni sotib olish, rekonstruksiya qilish yoki qurish uchun ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya miqdori SM = KS * (AF – BF) formulasi bilan belgilanadi.

Bu formulada SM subsidiya summasini, KS ipoteka kreditining qolgan asosiy summasini, AF tijorat banki va ipoteka krediti shartnomasida ariza beruvchi tomonidan belgilangan foiz stavkasini, BF 12 foiz punktini bildiradi.

Shuningdek