O‘zbekistonda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejadan deyarli 10 foizga oshdi
eʼlon qilindi
Bu haqda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi xabar bermoqda
2024-yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonda 333,3 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi, bu belgilangan rejaga nisbatan 9,7 foizga ko‘pdir, deya xabar berdi «O‘zbekneftgaz» AJ axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov.
Bu davrda 525,9 ming tonna avtomobil benzini, 307,6 ming tonna dizel, 98,3 ming tonna aviakerosin ishlab chiqarildi.
Shuningdek, 43 ta quduqni burg‘ulash ishlari yakunlandi, 40 ta quduqda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Tabiiy gazni barqaror tashishni ta’minlash uchun 56,4 kilometr uzunlikdagi gaz quvuri qurildi, deya qoʻshimcha qildi Ibodov.
Avvalroq «Kursiv» «O‘zbekneftgaz» foydasi keskin tushib ketgani sabablari haqida yozgan edi.