O‘zbekistonda tarvuz bozori qulash arafasida

eʼlon qilindi
Vaziyatga olib kelgan bir nechta omillar misol keltirildi
Foto: Pixabay.com

Oʻzbekistonda, umuman, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi tarvuz bozorida murakkab vaziyat yuzaga keldi. Bu haqda EastFruit xalqaro nashri ma’lum qildi.

Tahlilga ko‘ra, poliz ekini dehqonlari tarvuzga talab tushib ketganini bildirgan. Bu esa ularni o‘rimsiz dalalarda qoldirishga majbur qilmoqda. Ba’zi dehqonlar esa tarvuzni faqat chorva mollariga yemish sifatida yig‘ib olishayotganini aytgan.

EastFruit ulgurji narxlari kuzatuvi shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston bozorida yangi tarvuzning eng kam ulgurji narxlari rekord darajada pastlab, har bir kg uchun 8 sentni tashkil qilmoqda. Biroq bu narx polizdan sotuv rastalarigacha yetib kelgan mahsulotlar narxi xolos.

Narxlarning bu zayl qulashi, uning ustiga O‘zbekistonda tarvuzga talab tushib ketganining asosiy sabablaridan biri asosiy bozor – Rossiya Federatsiyasiga uni eksport qilishdir. Rossiyada tarvuz narxi rekord darajaga tushib ketdi. Ayni damda RFda tarvuzning ulgurji narxi taxminan O‘zbekistondan yetkazish narxiga teng bo‘lib qoldi.

«O‘zbekistondan Sharqiy Yevropa va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tarvuz eksporti joriy mavsumda juda qiyin kechmoqda, chunki bu hududlarda narxlar juda past. Xususan, Ukrainadagi fermerlar tarvuzning ortiqcha ishlab chiqarilishi va ommaviy yig‘im-terim mavsumi boshlanishidan oldin ham narxlarning qulashi bilan duch kelgan. Shu bois Ukraina va O‘zbekistonda tarvuz narxidagi farq transport xarajatlarini qoplamayapti. Qolaversa, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga O‘zbekistondan ko‘ra Ukrainadan arzonga sotib olish ancha qulay», deydi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti sarmoyaviy departamenti iqtisodchisi Andriy Yarmak.

Tojikistonda ham vaziyat shundayligini qayd etdi. “Fermerlar kichik tarvuzlarni tekinga tarqatadi, hech bo‘lmaganda katta tarvuzlarni sotsa bo‘ladi xolos, deydi meva-sabzavot biznesi bo‘yicha xalqaro ekspert Baxtiyor Abduvohidov.

Shu bilan birga, bozorning ayrim ishtirokchilari yaqin kelajakda Sharqiy Yevropa mamlakatlarida yuqori sifatli tarvuz narxi biroz tiklanishi mumkinligini ham istisno qilmaydi. Vaziyat g‘ayritabiiy issiq ob-havo bilan bog‘liq bo‘lib, hosilning bir qismini yo‘qotishi yoki sifatini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, tarvuzning oldindagi ommaviy hosil yig‘ish jarayonlari Ukraina bozoridagi narxlarni yanada pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qaysi qovun va tarvuzlar sog‘liq uchun zararligi haqida yozgan edik.

Shuningdek