23-iyul kuni respublikaning janubiy hududlarida havo 41 darajagacha issiq bo‘ladi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin
Rasm: Filmfoto / depositphotos.com

Bugun, 23-iyul kuni O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati 41 darajagacha issiq bo‘ladi, deb xabar beradi «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi.

Toshkent shahrida havo bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 37-39 daraja issiq va kechasi 23-25 daraja issiq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo haorati 24-29 daraja issiq va kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek