Yangiliklar

Dog‘istonda O‘zbekiston savdo uyi ochilishi rejalashtirilmoqda

Savdo maydonida paxta mahsulotlari sotiladi
Rasm: Pobeda RF

Rossiyaning Dog‘iston Respublikasi va O‘zbekistonning Buxoro viloyati hokimiyatlari Rossiya Federatsiyasi mintaqasida mamlakatimiz savdo uyini ochish masalasini muhokama qildi. Bu haqda «Dog‘iston yoshlari» nashri xabar berdi.

«Savdo uyining ochilishi Dog‘iston aholisi uchun yuqori sifatli paxta va jun mahsulotlari bilan ta’minlanishiga hissa qo‘shishi mumkin», deyiladi xabarda.

O‘zbekiston savdo uyi Derbentda joylashgan bo‘lishi mumkin. Bu shahar Buxoro bilan qardosh.

Avvalroq «Kursiv» Chechenistonda O‘zbekiston savdo uyi ochilgani haqida e’lon qilgan edi.