
23-iyul kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 8,76 so‘mga pasaydi va 12 584,28 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatdagi moliya institutlari dollarni 12 535 – 12 600 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 645 – 12 660 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22-iyul kuni AQSh valyutasining o‘rtacha narxi 17 so‘mga pasaygan edi.