Oʻzbekistonlik oʻquvchi qiz Germaniyadagi olimpiadada gʻolib boʻldi

eʼlon qilindi
62 ta davlatdan ishtirokchilar qatnashdi
 Foto: Goethe-Institut / Andreas Dahn

15 – 22-iyul kunlari Gettingen shahrida nemis tili boʻyicha Butunjahon olimpiadasi gʻoliblari aniqlandi.

Tegishli til darajalari boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarda birinchi oʻrinni oʻzbekistonlik Rayyona Ibrohimova, bangladeshlik Mahek Xon va shimoliy makedoniyalik Ana Kotevska qoʻlga ketirdi.

Kumush va bronza Meksika, Italiya, Slovakiya, Polsha va Buyuk Britaniyadan kelgan oʻquvchilariga nasib etdi.

Olimpiadaning final bosqichida 14-yoshdan 17-yoshgacha boʻlgan 100 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi. Raqobatchilar orasida 62 davlat vakillari ishtirok etdi.

Gyote instituti matbuot xizmati xabariga koʻra, 16 yoshli Rayyona Germaniyadagi universitetlardan birida nemisshunoslik yoʻnalishida tahsil olish va kelajakda tarjimonlik bilan shugʻullanishni rejalashtirgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda ilk bor informatika bo‘yicha xalqaro olimpiada o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek