Oʻzbekiston Qatar bozoriga 30 tonna meva-sabzavot yetkazib beradi

eʼlon qilindi
Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi
Foto: Pixabay

Oʻzbekistonning «Milmaxtrade» kompaniyasi iyul-avgust oylarida Qatar bozoriga meva-sabzavotlarning birinchi partiyasini yetkazib beradi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 30 tonna hoʻl va quritilgan mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda yetishtirilgan parranda goʻshti Qatarga eksport qilinadi.

Kelishuvga Buxoro viloyati eksportyorlarining Qatarga tashrifi chogʻida erishildi. Kompaniyalar vakillari mahalliy savdo tarmoqlari va import qiluvchi korxonalar rahbariyati bilan uchrashdi.

Avvalroq «Kursiv» Qatar va Oʻzbekistonning turizmni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari haqida xabar bergan edi.

Shuningdek