Yangiliklar

Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan xotin-qizlarning ulushi 50 foizga yetdi

Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi jurnalistlar uchun tashkil qilingan brifingda ma’lum qildi
Foto: Depositphotos

Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan xotin-qizlarning ulushi 50,1 foizga yetdi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi jurnalistlar uchun tashkil qilingan brifingda ma’lum qildi.

Qoʻmita boshqa davlat tashkilotlari bilan birgalikda kam ta’minlangan oiladan bo‘lgan xotin-qizlar uchun 2 mingta grant mablagʻlarini taqsimlash boʻyicha takliflar tayyorlamoqda.

Qoʻmita ma’lumotlariga koʻra, kam ta’minlangan oilalardan 18,4 ming nafar va 4,5 ming nafar oliy ma’lumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar mamlakatimizdagi oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun imtiyozlar olgan.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Oʻzbekistonda 7,9 mingdan ortiq xotin-qizlar magistrlik darajasini olgani haqida xabar bergan edi.