Oʻzbekistonda soxta trenerlarga javobgarlik belgilanmoqda
Oʻzbekistonda pul topish uchun soxta trenerlik qilayotganlar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Tez boyib ketish» va «oson pul topish yoʻllarini oʻrgataman» kabi e’lonlar bilan turli vebinar va seminar-treninglar oʻtayotgan shaxslar faoliyati tartibga solinadi.
Bu borada «Milliy tiklanish» partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan ma’rifiy faoliyatni tartibga solish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Yangi Qonun loyihasida ushbu faoliyatni tartibga solish moʻljallangan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritiladigan qoʻshimchalar bilan maxsus bilim va tajribaga ega boʻlmagan yoki faoliyat huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga javobgarlik belgilanmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda soxta «psixologlar» faoliyatini tartibga solish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.