O‘zbekistonda aroq ishlab chiqarish hajmi ortdi

eʼlon qilindi
Biroq o‘sish juda kichik edi
Foto: Pixabay.com

2024-yilning birinchi yarmida spirtli ichimliklar, xususan pivo, aroq va uzum vinosi ishlab chiqarish hajmida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning yarmiga kelib, aroq ishlab chiqarish hajmi 1,5 % ga ortdi. Taqqoslash uchun: 2023-yilning mos davridagi ko‘rsatkich 15,9% ga tushdi.

Aroqdan farqli ravishda pivo va uzum vinosi ishlab chiqarish hajmi 2024-yilning yarmiga kelib pastlagan. Jumladan, pivo ishlab chiqarish hajmi 0,4% ga tushgan. Taqqoslash uchun: 2023-yil yanvar – iyun oylarida 6,7 % ga ortdi.

Shuningdek, uzum vinosi ishlab chiqarish hajmida ham tushish kuzatilgan. Raqamlarga murojaat qilsak, joriy yilda ishlab chiqarish hajmining pasayishi 17,6% ni, o‘tgan yili esa 12,2% ni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda o‘tgan yili alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish qanday pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek