Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda fermer tarvuzlarni arzon narxlarda ham sota olmagani sababli poliz ekinini tashlab yubordi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha «Kursiv» tomonidan tarvuz narxi pasaygani haqida so‘rovnoma o‘tkazilgan edi. Ishtirokchilarning 45 foizi tarvuzni qulay narxdaligini aytgan edi, 35 foizi esa arzon deb atagan, 10 foizi qimmat dedi va 10 foiz ishtirokchilar tarvuz sotib olmasligini aytib o‘tgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda tarvuz bozori qulash arafasida haqida e’lon qilgan edi. O‘zbekiston bozorida yangi tarvuzning eng kam ulgurji narxlari rekord darajada pastlab, har bir kg uchun 8 sentni tashkil qilmoqda.