O‘zR Statistika agentligi: Asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar qariyb 37 foizga oshdi

eʼlon qilindi
229,3 trln so‘mni tashkil etdi
Rasm: shnakz / depositphotos.com

2024-yilning yanvar – iyun oylarida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar 229,3 trln so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36,6 foizga ko‘pdir, deya xabar beradi Statistika agentligi.

Ushbu hajmning 177,3 trln so‘mi jalb qilingan mablag‘lar, 56 trln so‘mi korxonalar va aholi mablag‘laridir.

Iyul oyi boshida ishlab chiqarish sanoatiga 68 trln so‘m, elektr energiyasi va gaz ta’minotiga 30,6 trln so‘m, qishloq xo‘jaligiga 15,1 trln so‘m yo‘naltirildi.

Shu davrda mamlakatimizga jami 76,3 trln so‘mlik kafolatlanmagan xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilindi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga xorijiy investorlardan $15,5 mlrd jalb etilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek