Toshkent viloyatida 1 mlrd soʻmlik sintetik giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi
Foto: IIBB matbuot xizmati

Toshkent viloyatida 1 milliard soʻmlik sintetik giyohvandlik vositasini tarqatish (sotish) maqsadida saqlab kelayotgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 15-iyul kuni IIB va DXX hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda 2002-yilda tugʻilgan shaxs oʻzining Tracker avtomashinasida og‘irligi 1 kg 433 gr boʻlgan «mefedron» sintetik giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, 22 yoshli shaxs mazkur sintetik vositani boʻlaklarga boʻlib, kontaktsiz manzil («zakladka») orqali sotishni rejalashtirgan.

Hozirgi kunda holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 273 moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Avvalroq «Kursiv» Fargʻonada xonadonida giyohvandlik moddalari oʻstirgan shaxs aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek