Turizm uchun import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi

eʼlon qilindi
2025-yilning 1-avgustigacha
Rasm: Southtownboy / depositphotos.com

Turizm kompaniyalari tomonidan olib kiriladigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi. Bunday imtiyoz 2025-yilning 1-avgustigacha amal qiladi. Prezident bu haqdagi qarorni imzoladi.

Hujjat boshqa sohalarda ham imtiyozlar beradi.

«2025-yil 1-avgustgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasida roʻyxatga olinib, litsenziyaga ega boʻlgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yigʻimini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3-yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi», deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Avvalroq «Kursiv» davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelayotgan chet el fuqarolarining soni koʻpaygani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek