«Volleyball stars» O‘zbekiston kubogi o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Unda OTM talabalari, professional ta’lim va maktab o‘quvchilari ishtirok etadi
Foto: Pixabay.com

O‘zbekistonda voleybolni rivojlantirish maqsadida musobaqalar o‘tkaziladi. Bu haqda respublika prezidenti qarori imzolandi, deb yozadi Huquqiy axborot.

Unga koʻra, 2025-yildan OTM talabalari, professional ta’lim hamda maktab oʻquvchilari orasida «Volleyball stars» Oʻzbekiston kubogi o‘tkaziladi. Maktablarning yuqori sinf oʻquvchilari orasida esa 3 bosqichli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi kubogi tashkil etiladi.

Shuningdek, vazirlik va idoralarda ishlovchi xodimlar oʻrtasida ham 3 bosqichli «Yangi Oʻzbekiston» respublika musobaqasi tashkil qilib boriladi. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun voleybol bo‘yicha para musobaqalar o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, 2 yilda bir marotaba Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyaning a’zo mamlakatlari orasida «Buyuk Ipak yoʻli» xalqaro turniri tashkil qilinadi.

Qayd etish mumkinki, Voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatining faoliyat boshlashi belgilab olindi. Mazkur maktab-internat Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘rnida qad rostlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Davlat sport akademiyasi ochilishi haqida xabar qoldirgan edik.

Shuningdek