Yunusobodda yangi qurilayotgan binoda yongʻin chiqdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Yong‘in natijasida binoning tom qismidagi qurilish mahsulotlari yonib zararlangan
                    
                            
Toshkent shahar Yunusobod tumanida yangi qurilayotgan binoda yongʻin chiqdi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Bugun, 23-iyul kuni soat 12:35 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharof Rashidov koʻchasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yongʻin joyiga yetib borib, soat 12:56 da yongʻin bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida binoning tom qismidagi qurilish mahsulotlari yonib zararlangan.
Avvalroq «Kursiv» Sergeli tumanida sanoat korxonasida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar bergan edi.