Yangiliklar

Yuridik universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni va’da qilgan firibgar ushlandi

$3,5 evaziga
Foto: Bosh

Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muqaddam sudlangan fuqaro boshqa bir shaxsning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida chet tillari boʻyicha tahsil olgani toʻgʻrisida sertifikat olib berib, Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga $3,5 olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Jismoniy tarbiya universiteti va Samarqand temir yoʻl texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyishni va’da qilgan firibgarlar ushlangani haqida xabar bergan edi.