Yangiliklar

24-iyul kuni respublika bo‘ylab +40 daraja jazirama issiq bo‘ladi

Tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor
Rasm: cofeekai / depositphotos.com

Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekistonning janubiy hududlarida havo harorati 38-43 daraja issiq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Bu haqda «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi xabar beradi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘lishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 38-40 daraja issiq va kechasi 23-25 daraja issiq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Aksariyat hududlarda sel kelishi xavfi bor. Kunduzi havo harorati 25-30 daraja issiq bo‘ladi, kechasiga kelib 14-19 daraja iliq bo‘ladi.