O‘zbekistonda ajrimlarning asosiy sabablari ochiqlandi
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida joriy yilning birinchi yarmida qayd etilgan ajrimlarning asosiy sabablarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, oilaga uchinchi shaxsning aralashuvi, ya’ni ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qo‘shnilarning oraga aralashishi ajrimlarga eng ko‘p sabab bo‘lgan. Keyingi sabab sifatida erta nikoh va uyushtirilgan nikohlar ko‘rsatilgan. Shuningdek, juftlarning oilaga tayyor emasligi ham sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, mamlakatda ajrimlar soni 11,6 foizga kamaydi, 7 mingdan ziyod ajrimlar to‘g‘risida ish olib borildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yildagi mos davrga nisbatan ajrim arizalarining 31,4 foizni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda 283,8 mingta nikoh shartnomalari rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ajrimlar nomi esa 49,2 mingtani tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda ajrimlar soni ortib, nikohlar soni kamaygani haqida xabar bergan edi.